“Shov-shuvli transfer”: Erling Holand “Manchester Siti”dan ispan grandiga oʻtmoqchi
Norvegiyalik hujumchi Erling Holand agar “Manchester Siti” joriy mavsumda UYEFA Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmasa, klubni tark etishga tayyor. “Caughtoffside” nashrining xabariga koʻra, ayni damda “Siti” Angliya Premer Ligasi (APL) jadvalida beshinchi oʻrinda bormoqda. Agar klub mavsum yakunida kuchli toʻrtlikka kira olmasa, Holand boshqa jamoaga oʻtishi mumkin.
Manbaning maʼlum qilishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchining jamoadan ketishiga qarshilik qilmoqchi emas. Shunga qaramasdan, murabbiy Holand oʻrniga munosib oʻrinbosar topish uchun vaqt kerakligini aytib, ushbu transferning 2026-yil yozida amalga oshishini istaydi.
Madridning “Real” klubi esa Holand bilan shartnoma imzolashni istayotgan jamoalar qatorida yetakchi boʻlib turibdi. Manbalarga koʻra, “qirollik klubi” yulduz futbolchi uchun 100 million yevro toʻlashga tayyor. Norvegning oʻzi ham “qaymoqranglilar”ga oʻtishni afzal koʻradi. Agar bu shov-shuvli transfer amalga oshsa, u Mbappe va Vinisius kabi vingerlar bilan super-trio hosil qilishi mumkin.
Shu tariqa, Holandning kelajagi “Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasi yoʻllanmasiga ega boʻlishiga bogʻliq boʻlib qolmoqda. Agar “shaharliklar” mavsumni kuchli toʻrtlikdan tashqarida yakunlasa, norvegiyalik futbolchining jamoadan ketish ehtimoli sezilarli darajada oshadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring