Shov-shuvli festival: Andijonga qaysi jahon yulduzlari kelmoqda?
Xabaringiz bor, Andijonda “Dunyo sadolari” xalqaro estrada san’ati festivali 2024 yilda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur festival uchun millionlab AQSH dollari ajratilayotgani muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Xo‘sh, unga qaysi san’atkorlar taklif etilmoqda? Viloyat hokimligi axborot xizmati ilk ma’lumotlarni ochiqladi.
"Festivalga Inna va Arash taklif etildi. Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Joni (Jony) ham festivalda ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‘zbek estaradasining elimiz suygan yorqin yulduzlari festivalga tashrif buyurishlari kutilmoqda.
Ushbu aytilganlardan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan xonandalar haqidagi matnli ro‘yxat, kelishuv mablag‘lari, marxum san’atkorlar haqidagi xabarlar hokimlik tomonidan tasdiqlangan yoki hokimlik taqdim etgan ma’lumotlar emas. Bu xabarlar kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday maqsadda havola etilgani hozircha noma’lum", deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring