“Shoʻrxok” filmi AQSHdagi festivalda gʻolib boʻldi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 20-noyabr kuni Los-Anjelesda (AQSH) “Environmental Film & Screenplay Festival” ekologik filmlar festivali boʻlib oʻtdi. Unda Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan rejissyor Umid Hamdamov tomonidan suratga olingan “Shoʻrxok” qisqa metrajli filmi “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Taʼkidlash kerakki, filmga “Oʻzbekistonlik” kartinasidagi faoliyati bilan ham tanilgan Jahongir Ibrohimov operatorlik qilgan.
Maʼlumot uchun, “Aral Dream” loyihasi doirasida suratga olingan “Shoʻrxok” Orol dengizi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xalqlar tarixi haqida hikoya qiladi. Filmdan maqsad Orolboʻyi muammolarini jahon sahnasiga olib chiqishdir.
Qayd etish joizki, AQSHdagi festivalda tomoshabinlar filmni koʻrishdan oldin Orol dengizi va uning muammolari haqida hech qachon eshitmaganliklarini taʼkidladilar. Filmdan soʻng esa ularda mintaqaga tashrif buyurish yoki u haqida koʻproq bilishga qiziqish uygʻonmoqda. Vaholanki, kino ijodkorlarining maqsadi ham aynan shu – keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish edi.
Yana bir maʼlumot, “Shoʻrxok” 4-noyabr kuni AQSHda “Florida Environmental Film Festival” ekologik filmlar festivalida ham ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring