Shoxrux Aminov Qoraqalpogʻiston prokurori etib tayinlandi
Foto: Jo‘qorg‘i Kenges
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qaroriga asosan Shoxrux Azamatovich Aminov Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bugun, 1-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev ishtirok etgan.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar qaror qabul qilib, Aminov Shoxrux Azamatovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Shoxrux Aminov 1981-yilda tugʻilgan, 2002-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan — maʼlumoti oliy. U prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlagan.
Aminov, shuningdek, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi, Toshkent viloyat prokurorining oʻrinbosari, MIB direktori oʻrinbosari, Sirdaryo viloyati prokurori, Navoiy viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring