Shoira Hayotxon Ortiqboyeva vafot etdi
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, ikki karra Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan Hayotxon Ortiqboyeva vafot etdi.
Hayotxon Ortiqboyeva koʻp yillardan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimiga rahbarlik qildi. U “Sirdaryo haqiqati” gazetasida uzoq yillar boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.
Hayotxon Ortiqboyeva oʻnlab shogirdlar tarbiyalagan mehribon va fidoyi ustoz edi.
Shoiraning “Feruza oqshomlar”, “Koʻklam ertaklari”, “Humolari qaytgan yurt”, “Ne baxt bu diydor”, “Oy qoʻngan ayvon”, “Tonglaringda esgan nasimman” (“Saylanma”) kabi kitoblari nashr etilgan.
“Xalq soʻzi” – “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati ijodiy jamoasi marhumaning oilasi va yaqinlariga taʼziya bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring