Shoira Gulchehra Nurullayeva 83 yoshida vafot etdi

01:07 16 Yanvar 2021 Madaniyat
2714 0

Фото: Халқ сўзи

2021-yilning 15-yanvar kuni shoira Gulchehra Nurullayeva 83 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” nashriga marhumning yaqinlari maʼlum qildi. 

Gulchehra Nurullayeva 1938-yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlogʻida tugʻilgan. 

Gulchehra Nurullayevaning “Orzularim qoqadi qanot” (1969), “Tashnaman” (1972), “Ikkinchi bahor” (1973), “Lirika” (1975), “Bagʻishlov” (1977), “Paxta hidi” (1981), “Nurli nuqtalar” (1986), “Muhabbatning suvrati” (1988) kitoblari chop etilgan.

Maʼlumot uchun, 2018-yilning 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ijodkor – Gulchehra Nurullayevaga aʼzolik guvohnomasi topshirilgan edi.

“Xalq soʻzi” tahririyati ijodkorning oila aʼzolariga taʼziya izhor qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер