Shohruxxon Oʻzbekistonda Bobur haqida kinoserial tasvirga olish boʻyicha Madaniyat vazirligi bilan kelishuv imzolagani rostmi?

12:45 24 Fevral 2021 Madaniyat
2229 0

Bugun internet tarmoqlarida “Bollivud yulduzi Shohruxxon Oʻzbekistonda Boburiylar saltanatining poydevori hisoblangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan kinoserial tasvirga olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishdi. Ushbu serial 2 ta fasldan iborat boʻlib, unda Bobur Mirzoning yoshligidan Hindiston hududlarini bosib olgan davrlari hamda avlodlarining hayotiy faoliyati tasvirga olinadi” mazmunidagi xabar eʼlon qilindi.

Madaniyat vazirligi mazkur xabar asossiz yolgʻon maʼlumot ekanligini va bu borada vazirlik bollivud kino ijodkorlari bilan kelishuv imzolamaganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?