Shijoatli “Samo lochinlari”ga kitob ulashildi

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qarshi shahrida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti mamlakatimizdagi harbiy uchuvchilar tayyorlaydigan eng asosiy va nufuzli taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida mazkur institutda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar harbiy aviatsiya institutida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Boʻlgʻusi “samo lochinlari” bilan dildan suhbat qurishdi.
— Oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizda milliy armiyamizni isloh qilish, kasbiy mahorati yuqori darajada boʻlgan, burchiga sodiq harbiylarni tarbiyalashning samarali mexanizmini yaratish boʻyicha juda katta ishlar amalga oshirildi, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari, senator Komila Karamova. — Bu ishlarning natijasini bugun Harbiy aviatsiya institutida yaratilgan shart-sharoitlar, bu yerda taʼlim olayotgan boʻlgʻusi “samo lochinlari”ning yuz-koʻzlaridagi shijoat, faxr va iftixor tuygʻularida ham koʻrish mumkin.
Tadbir yakunida bir guruh faol ofitserlar va kursantlarga tashkilotchilar tomonidan badiiy kitoblar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring