Shimoliy Koreya keng koʻlamdagi kiber jinoyatlarni amalga oshirayotgani aytilmoqda

Arxiv foto
Shimoliy Koreya xakerlari butun dunyo boʻylab hukumatlar va xususiy kompaniyalarning yadro hamda harbiy sirlarini oʻgʻirlashga urinmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya ogohlantirmoqda.
Ushbu davlatlarga koʻra, «Andariel» va «Onyx Sleet» nomlari bilan mashhur guruh Pxenyanning harbiy va yadroviy dasturlari va maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida maxfiy maʼlumotlarni olish uchun mudofaa, ayerokosmik, yadro hamda muhandislik sohalarini nishonga oladi.
Guruh uranni qayta ishlashdan tortib tanklar, suv osti kemalari va torpedalargacha boʻlgan keng doiradagi maʼlumotni qidirib kelgan. Shuningdek, ular Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va boshqa joylar nishonga olingani maʼlum. Ular ichida AQSH havo kuchlari bazalari, NASA, mudofaa kompaniyalar borligi aytilmoqda.
Shuningdek, Seulning xabar berishicha, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning chip uskunalari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarini buzib kirgan.
Eng ommabop kiber hodisalar ham ushbu mamlakat bilan bogʻliq. 2014-yilda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chin Inning oʻldirilishi tasvirlangan Gollivud komediya filmi uchun qasos sifatida «Sony Pictures» kompaniyasiga hujum qilgan. Shuningdek, Shimoliy Koreya millionlab dollarlik yirik oʻgʻirliklarni amalga oshirgan «Lazarus Group» faoliyati bilan ham tanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring