Shifokorlar kasalxonaga yotqizilgan futbol afsonasi Pelening ahvoli haqida maʼlumot berishdi

Фото: Reuters
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pelening ahvoli barqaror. Bu haqda uch karra jahon chempioni yotqizilgan klinika matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Tibbiy koʻrikdan soʻng bemor oddiy boʻlimga yotqizildi, reanimatsiya boʻlimiga olish talab qilinmadi. Sobiq futbolchi salomatligi toʻliq nazorat ostida, uning klinik ahvoli barqaror”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, saraton kasalligi bilan kurashayotgan Pele yurak yetishmovchiligi va shish sababli kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Braziliyalik futbolchi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning futbol komissiyasi tomonidan “XX asrning eng yaxshi futbolchisi”, deya topilgan. Pele faoliyati davomida 1363 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 1289 ta gol urgan.
1999-yilda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) Peleni asrning eng buyuk sportchisi deb topgan edi. Vaholanki, u hech qachon Olimpiada oʻyinlarida qatnashmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring