Sherzod Asadov BBC'ning Yevroosiyo mamlakatlari boʻyicha vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – Prezident matbuot kotibi kotibi Sherzod Asadov bugun, 28-noyabr kuni “BBC World News”ning Yevrosiyo mamlakatlari boʻyicha vakili Sergey Stanovkin bilan uchrashuv oʻtkazganini maʼlum qildi.
“Oxirgi uchrashuvimizdan buyon oʻtgan vaqt mobaynida BBC bilan hamkorlikda 10 ga yaqin loyiha amalga oshirildi. Ushbu xorijiy axborot telekanali resurslarida Buxorodagi zamonaviy sanʼat biyennalesi, Samarqanddagi UNESCO Bosh konferensiyasi sessiyasi tadbirlari va Oʻzbekistondagi boshqa muhim voqealar faol yoritib borildi”, deb yozadi Sherzod Asadov.
Uning qoʻshimcha qilishicha, suhbat chogʻida hamkorlikning istiqboldagi rejalari muhokama qilingan. Raqamli davr tahdidlari va sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal tarqalishi sharoitida masʼuliyatli jurnalistikani rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanini taʼkidlangan.
Shuningdek, jurnalistlarning professional standartlarini yanada mustahkamlash, faktcheking, tahlil koʻnikmalari va media savodxonligini oshirish zarurligi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring