«Nasafiy» Sherali Joʻrayevning mualliflik huquqini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

15:19 11 Yanvar 2021 Madaniyat
629 0

Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bundan bir oy oldin Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati “Nasafiy” nomi bilan ijod qilayotgan qoʻshiqchi Akmalov Aziziddin Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev ijrosidagi “Qora koʻzli sanamjon” nomli qoʻshiqni va sheʼrini muallifning roziligisiz asar yaxlitligini buzgan holda ijro etib, uni internet tarmoqlariga joylashtirgan holda moddiy manfaat koʻrib kelgani haqida Intellektual mulk agentligiga murojaat qilgan. Shundan soʻng agentlik mazkur holat yuzasidan sudga Maʼmuriy bayonnoma kiritgan.

"Natijada Sud Nasafiyni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177(1)–moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari yaʼni 669.000 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

Shu oʻrinda qoʻshiqchini jarimaga tortishni nima keragi bor, hamma bir birini qoʻshigʻini aytyapti degan eʼtirozlar paydo boʻlishi tabiiy. Aslida mualliflik huquqi ana shunday himoya qilinadi. Tasavvur qiling, shaxsiy avtomashinangizni oʻzga bir shaxs sizning ruxsatingizsiz oʻz manfaati yoʻlida foydalandi va undan moddiy foyda oldi. Albatta siz bu kabi holatga shunday qarab turmaysiz. Egalik huquqingizni talab qilasiz. Qoʻshiq ham xuddi shunday muallifning shaxsiy mulki hisoblanadi. Kimdir undan foydalansa, albatta mulk egasidan ruxsat olishi kerak boʻladi.

Maʼlumot uchun xorijiy davlatlarining qoʻshiqchilari orasida ham bu kabi holatlar uchrab turadi va ularga nisbatan katta jarima qoʻllaniladi. Britaniyalik qoʻshiqchi George Harrisonʻning qoʻshiq kuyida “The Chiffons” guruhining qoʻshigʻidagi kuy bilan oʻxshashlik boʻlgan. Natijada Harrison sud qarori bilan 587.000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?