Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi tashkil etiladi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi anʼanalarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–232-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi negizida Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi tashkil etiladi.
Oliy maktabda oʻquv jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi.
Oliy maktabga boshlangʻich musiqiy bilimga ega boʻlgan oʻquvchilar ijodiy sinov asosida 9-sinfdan qabul qilinadi.
Oʻquv jarayoni davlat grantiga asoslangan 3-yillik oʻquv dasturi boʻyicha tashkil etiladi hamda bitiruvchilarga oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari oʻz oʻqishini tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlarining 2-bosqichidan davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, oliy maktabda Sherali Joʻrayev ijodiy yoʻnalishi va faoliyati boʻyicha ilmiy-ijodiy laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring