Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan fotoreportaj

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga keldi. Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Avvaliga Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻldi.
Qarorgohda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv oʻtkazdilar. Keyinroq esa muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ikki mamlakat madaniyat va sanʼat arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar topshirdilar.
Keyin esa Dushanbe shahridagi “Koʻhi Borbad” sanʼat saroyida Oʻzbekiston va Tojikiston sanʼat ustalari ishtirokida “Doʻstlik oqshomi” boʻlib oʻtdi. Ikki davlat prezidentlari konsertni birgalikda tomosha qildilar.
Tadbirlarni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring