Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahriga tashrifi yakunlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, Imom Moturidiy va Mahdumi Aʼzam majmualarini qayta taʼmirlash loyihasi davlat rahbariga taqdimot qilindi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Samarqand shahriga tashrifi chogʻida Hazrati Hizr majmuasida boʻlib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring