Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Chilonzor tumaniga tashrif buyurib, sanoatda va jamoat transporti sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Ilk manzil Chilonzor sanoat zonasidagi korxonalar bo‘ldi. Davlatimiz rahbari korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ularning har biri o‘ziga xos yo‘nalish tanlaganiga e’tibor qaratib, barcha hududlarda shunday korxonalarni tashkil etish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Yodning aholi salomatligi uchun muhimligini inobatga olib, mamlakatimizda yod bilan boyitilgan oziq-ovqatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Shu yerda Chilonzor tumanida sanoatni rivojlantirish rejalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 7-avtobus saroyini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari avtobusga o‘tirib, oddiy yo‘lovchilar bilan birga yo‘nalish bo‘ylab yurib ko‘rdi.
Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi 3-Katta Chilonzor mahallasiga tashrif buyurdi. Prezidentimiz shu yerda mahallalar faollari, nuroniylar bilan muloqot bo‘ldi.
Shundan so‘ng prezident Toshkent shahridagi Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib, odamlar bilan suhbatlashdi.
"Xalq so‘zi" fotomuxbiri ushbu jarayonda ishtirok etib, fotojamlanma tayyorladi.
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring