Shavkat Mirziyoyevni xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari Ramazon bilan tabriklamoqda
Maʼnaviy poklanish va ezgu amallarga intilish, jamiyatda xayru-saxovat, bagʻrikenglik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishni oʻzida mujassam etgan, butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida davlatimiz rahbari va mamlakatimizning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Kuvayt Davlati Valiahdi Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda, deb yozadi Preident matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring