Shavkat Mirziyoyev yuqori martabali mansabdor shaxslarning koʻp hollarda chuqur tahlillar oʻtkazmasdan koʻrib chiqilayotganini tanqid ostiga oldi
Yuqori palata oʻz faoliyatida toʻliq ishga solishi mumkin boʻlgan imkoniyat va yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtildi.
Konstitutsiyada Senat hududiy vakillik palatasi ekani belgilab qoʻyilgan. Shu bilan birga, oldingi chaqiriqda Senat mahalliy kengashlar bilan muloqot va hamkorlik borasida faqat dastlabki qadamlarni qoʻydi.
Masalan, mahalliy kengashlar 15 dan ortiq masalalar boʻyicha qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlsa-da, ularni tayyorlash, kelishish va tasdiqlash boʻyicha yagona tartib haligacha ishlab chiqilmagan.
Bundan tashqari, mahalliy kengashlarning eng yaxshi tajribalarini boshqa hududlarda ham ommalashtirish, namunali kengashlarni eʼtirof etish ham yoʻlga qoʻyilsa, ishning samarasi yanada oshishi taʼkidlandi.
Asosiy qonunimizga muvofiq, Senat 10 dan ziyod yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi. Lekin, hisobotlar koʻp hollarda chuqur tahlillar oʻtkazmasdan koʻrib chiqilayotgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring