Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isibaning samimiy salomi va O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Faol muloqotlar davom etayotgani va amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun o‘tkazilgan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlarining Strategik muloqoti birinchi yig‘ilishining samarali natijalari yuksak baholandi.
Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. 17-avgust kuni Osaka shahrida "EXPO 2025" butunjahon ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston milliy kuni muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston-Yaponiya markazi faoliyatini kengaytirish va kelgusida uning negizida Yaponiyaning yetakchi universitetlari ishtirokida qo‘shma universitet tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi bo‘lajak sammitni o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring