Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki boshqaruvchisini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasini qabul qildi.
Mazkur yetakchi moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda bank bilan hamkorlikdagi ijobiy surʼat mamnuniyat bilan qayd etildi. Loyihalarning umumiy portfeli 5 milliard dollardan oshgan hamda neft-kimyo, energetika, telekommunikatsiyalar, infratuzilma, yengil sanoat va boshqa sohalarni qamrab olgan.
Energetika, transport, AT infratuzilmasini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod yangi loyihalarni sifatli tayyorlash hamda boshlanganlarining natijadorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga hamda xususiy sektorni rivojlantirishga investitsiyalarni kengaytirish muhim ekani taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, boshqaruvchi Nobumitsu Xayasi sheriklik natijalarini yuqori baholadi va Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring