Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.
Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.
Jumladan, “Toshkent-Sharqiy” aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi yangilanib, eng ogʻir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega boʻldi. Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda.
Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qoʻnishni taʼminlovchi ICAO III-A toifasidagi ilgʻor radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar taʼminlanadi.
Eng muhimi, qulay joylashuvi bilan aeroport poytaxtimiz va Yangi Toshkent shahri uchun istiqbolli bandargoh, Toshkent viloyatining turizm salohiyatida qoʻshimcha afzallik boʻladi.
Davlatimiz rahbari aeroportning texnik imkoniyatlari, terminallarning dizayniga oid taqdimot bilan tanishdi. Qurilishni jadallashtirish, investorlarga sharoit yaratish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring