Shavkat Mirziyoyev temiryoʻl loyihasini amalga oshirishga oid xalqaro shartnomani tasdiqladi

Foto: Prezident Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorini qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, tasdiqlangan bitim Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temiryoʻli loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi kelishuvni aks ettiradi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
“Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy temiryoʻli qurilishi loyihasi boʻyicha uch davlat oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim 2022-yil sentyabr oyida Samarqandda oʻtkazilgan SHHT sammitida imzolangandi.
Avvalroq Oʻzbekiston Prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bilan samarali hamkorlikni yuqori baholagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring