Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat haqida gapirdi
Mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish uchun samarali tashqi siyosat olib borish, doʻst va hamkorlarimiz doirasini kengaytirish, yaqin qoʻshnilarimiz bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish oʻta muhim vazifadir.
Shu maqsadda Prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash tashqi siyosatda ustuvor yoʻnalish boʻlib qoladi. Kelgusi yili yurtimizda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo beshligi” uchrashuvi shu yoʻldagi yana bir ulkan amaliy qadam boʻladi.
Hozirgi vaqtda fuqarolarimiz Qirgʻizistonga ID karta bilan bemalol borib-kelmoqdalar. Endi shunday tartibni Qozogʻiston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda boshqa yetakchi hamkor davlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari bilan samarali va tizimli aloqalarni yanada rivojlantirish doimo eʼtibor markazida boʻlishi taʼkidlandi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib, bugungi yigʻilishda ishtirok etayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillarini samimiy qutladi, islohotlarimizni chin dildan qoʻllab-quvvatlab kelayotgani, hududlarimizga chiqib, yangilanish va oʻzgarishlar bilan yaqindan tanishib, oʻz davlatlaridagi tajribalar bilan oʻrtoqlashayotgani uchun xalqimiz nomidan minnatdorlik bildirdi.
Bugun butun dunyo nihoyatda notinch va tahlikali vaziyatda davlatimizning mustaqilligi va suverenitetini, xalqimizning tinch va erkin hayotini eng bebaho boylik sifatida asrash va himoya qilish eng muhim vazifa boʻlib qolishi taʼkidlandi.
“Hech qachon unutmasligimiz zarur: mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimiz mudofaasi nafaqat Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish idoralari, balki Oʻzbekistonni oʻzi uchun ona Vatan deb biladigan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha insonlarning muqaddas burchidir. Buning uchun yagona Vatan, koʻp millatli yagona ahil oila tuygʻusi har birimizning qalbimiz, yuragimizdan chuqur joy olishi lozim”, dedi Prezident.
Dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarimizning jangovar va maʼnaviy salohiyatini oshirishga eʼtibor yanada kuchaytirilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring