Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Xitoyning Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida koʻplab insonlar hayotdan koʻz yumgani va jarohat olgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada sogʻayib ketishini tiladi.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 4-may kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 atrofida Xitoy janubi-gʻarbidagi Guychjou provinsiyasida kuchli shamol tufayli toʻrtta daryo qayigʻi agʻdarilib ketdi. Oqibatda 84 kishi suvga tushib ketgan, kamida 10 kishi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring