Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi
"Esonbug‘a" aeroportida O‘zbekiston prezidentini Turkiya vise-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar doirasida O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ilk bor ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring