Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi — Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar Oʻzbekiston va Qozogʻiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.
Savdoni koʻpaytirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda, shu jumladan hududlar darajasida amaliy hamkorlik boʻyicha loyihalarni ilgari surish maqsadida oʻzaro muvofiqlashgan choralar koʻrish muhimligi qayd etildi.
Shu kunlarda Qozogʻiston shaharlarida oʻtayotgan qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlarga yuksak baho berildi.
Yetakchilar boʻlajak oliy va yuqori darajadagi ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini, shu jumladan “Markaziy Osiyo plyus“ formatidagi sammitlarga tayyorgarlikni koʻrib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring