Shavkat Mirziyoyev pirotexnika buyumlariga oid muhim Qonunni imzoladi
Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilgan.
Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik uchun jazolar kuchaytiriladi.
Bundan tashqari, pirotexnika buyumlarini Oʻzbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilgan.
Avvalroq, ikki Olimpiada chempionlariga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring