Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi.
AQSH maʼmuriyatining yuqori martabali vakili davlatimiz rahbariga Prezident Donald Trampning samimiy salomi va Oʻzbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.
Turli darajalarda samarali aloqalar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanmoqda, faol parlamentlararo almashinuvlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan oyda Kongressda Oʻzbekiston kuni doirasidagi tadbirlar oʻtkazildi, bu yil kuzda Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
AQSH anʼanaviy ravishda Oʻzbekistonning muhim iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga koʻpaydi. Loyihalar portfeli 11 milliard dollardan oshgan.
Joriy yil iyun oyida oʻtkazilgan Toshkent investitsiya forumida AQSHning 100 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi.
Mineral resurslar, aviatsiya, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, taʼlim va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
“S5+1” formati doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhim ekani taʼkidlandi.
Boʻlajak muloqotlar va qoʻshma tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring