Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi

18:27 30 Yanvar 2025 Siyosat
439 0

Davlatimiz rahbari “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.

Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining Oʻzbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.

Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?