Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30-avgust - 3-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30-avgust - 3-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Oʻzbekiston yetakchisi 31-avgust - 1-sentyabr kunlari Tyanszin shahrida oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi sammitda ishtirok etadi.
Tadbirlar kun tartibidan ustuvor yoʻnalishlarda koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish va tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning dolzarb jihatlari oʻrin olgan. Uning yakunida Tyanszin deklaratsiyasi, xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, “yashil” sanoat, energetika, turizm va boshqa sohalarda sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
2-sentyabr kuni Pekin shahrida davlatimiz rahbari XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar oʻtkazadi, shuningdek, Xitoy rasmiy shaxslari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Prezidenti 3-sentyabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring