Shavkat Mirziyoyev ICESCO bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim sammiti doirasida Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma gumanitar loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.
ICESCO bilan hamkorlik boʻyicha milliy komissiyani tezroq tuzish muhimligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shuningdek, Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerteni ham qabul qildi.
Iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekistonning tegishli tashkilotlari salohiyatini rivojlantirish va milliy moslashuv rejalarini ishlab chiqishga koʻmak koʻrsatilayotgani yuqori baholandi.
Hozirgi kunda qoʻshma loyihalar portfeli 160 million dollarni tashkil etib, suv resurslarini boshqarish, “yashil” energetikani rivojlantirish, “yashil” moliyalashtirish va boshqa bir qator ustuvor yoʻnalishlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, 5 milliard dollarlik ikkita mintaqaviy va 500 million dollarlik uchta milliy loyiha ishlab chiqilmoqda.
Innovatsion koʻkalamzorlashtirish va yerlarni barqaror boshqarish, Orolboʻyidagi ijtimoiy-ekologik vaziyatni yaxshilash dasturlarini amalga oshirish orqali sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring