Shavkat Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Parij shahridagi Burbon saroyida Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ushbu tashrifning tarixiy ahamiyati, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Fransiya parlamenti quyi palatasi rahbari Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarni, vakillik organlarining roli, xotin-qizlar, bolalar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari hamda ekologik xavfsizlik kafolatlari kuchayganini yuqori baholadi.
Oʻzbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini tashkil etish va “yoʻl xaritasi” asosida doʻstlik guruhlari ishini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston yetakchisi Milliy majlis Raisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga taklif etdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring