Shavkat Mirziyoyev 10dan ortiq tuman va shahar hokimlarini ishdan bo‘shatishga topshiriq berdi
Yig‘ilishda yil boshida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish vazifalarining ijrosi ko‘rib chiqildi.
Bu yilgi investisiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 milliard dollar xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha katta marralar belgilangan edi.
Bu boradagi ijobiy tajriba sifatida o‘tgan olti oyda Andijon shahri, Buloqboshi, Romitan, Gʻallaorol, Forish, Karmana, Davlatobod, Chust, Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo tumanlarining har biri 50 million dollardan ko‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya olib kelingani qayd etildi.
Natijada ushbu tumanlarda jami 50 mingta yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum paydo bo‘ldi.
Lekin Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida bu ko‘rsatkichlar pastligi, investisiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.
Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring