Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi
Foto: Jizzax viloyati hokimligi
Ashurov Asilbek Rahmonovich Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, bugun, 22-avgust kuni Sharof Rashidov tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Mustafoyev ishtirok etgan sessiya kun tartibida tashkiliy masala koʻrilgan.
Xususan, viloyat hokimi Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga Ashurov Asilbek Rahmonovich nomzodini tavsiya etgan. Mazkur nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.
Maʻlumot uchun, Asilbek Ashurov 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring