Shanxayda bir kunda 25 million kishi koronavirusga test topshirdi

07:31 07 Aprel 2022 Dunyo
1202 0

Shanxay hukumati oʻtkazgan koronavirusga test topshirish jarayonida shaharning 25 million aholisi bevosita ishtirok etgan. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar berdi.

— Mahalliy aholining faolligi bilan nuklein kislotalarni tahlil qilish uchun namuna olindi, sinov yakunlariga yetdi, — deyiladi xabarda. Test natijalari hali eʼlon qilinmagan.

Shanxayda koronavirusga nisbatan cheklov choralari kuchaytirildi, infeksiyani yuqtirib olayotgan fuqarolar soni ortib borayotgani tufayli shahar “yopiq turdagi” rejimda boshqariladi. Qayd etish kerak, ushbu hududda bir sutka ichida 13 mingdan ortiq simptomsiz va ikki yuzdan ortiq simptomli kasallanish aniqlangan.

Xitoy Xalq Respublikasi Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, mamlakatning 15 provinsiyasidan 38 mingdan ortiq shifokor keng koʻlamli epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishda yordam berish uchun Shanxayga joʻnatilgan.

Xabarda aytilishicha, jalb qilingan tibbiyot xodimlari vaqtincha kasalxona va laboratoriyalarda COVID-19ni tekshirish, shuningdek, nuklein kislotalarning sinov namunalarini olish uchun ishlaydi.

Mudofaa vazirligi tomonidan shaharga qoʻshimcha yana 2 ming nafar tibbiyot xodimi yuborilgani maʼlum boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Xitoy COVID-19ga qarshi emlash uchun 120 milliard yuandan (18,9 milliard AQSH dollari) ortiq mablagʻ sarflagan. Ushbu xarajatlar mamlakatning tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi byudjetiga teng.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?