Shamollar shahridan fotoreportaj

12:27 24 Noyabr 2023 Siyosat
292 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Boku Ozarbayjonning poytaxti boʻlib, uni “shamollar shahri” deb atashadi, chunki shahar Kaspiy dengizi sohilida joylashgan boʻlib, vaqti-vaqti bilan kuchli shamollar esib turadi. Eski shahar zamonaviy modernistik meʼmoriy yechimlar bilan hayratlanarli darajada uygʻunlashib ketgan. Bu yerda har qanday yoshdagi va qiziqishdagi odamlar uchun qiziq manzillarni topish mumkin.

Boku Kavkazdagi eng yirik shaharlardan biri. Shahar aholisi 2 milliondan ortiq boʻlib, ularning qulay yashashi va hordiq chiqarishi uchun poytaxtda oʻnlab piyodalar koʻchalari, jamoat joylari, istirohat bogʻlari va sayr qilish uchun joylar yaratilgan.

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Bokuda boʻlib turibdi. Bugun, 24-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

“Xalq soʻzi” muxbiri Kavkazning soʻlim manzilidan fotoreportaj tayyorladi.

 Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер