Shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega boʻlishi mumkin

17:55 14 Oktyabr 2022 Jamiyat
712 0

“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–793-son, 12.10.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.

Elektron raqamli imzoning va qoʻlda shaxsan qoʻyilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligi eʼtirof etildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

ERI kalitlarini roʻyxatga olish markazi hamda shaxslar oʻrtasidagi ERIdan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.

ERI kalitini berish yoki uning sertifikatini roʻyxatga olish bir ish kunidan oshmasligi kerak.

ERI kalitiga ega boʻlgan shaxslar ERI mavjud boʻlishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega boʻlishi mumkin. Har bir ERI kalitining sertifikatini roʻyxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.

ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERIning amal qilish muddati ikki martadan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Oʻzbekistonning xorijdagi fuqarolari, shuningdek chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ERIni konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik vakolatxonalarning konsullik boʻlimlari orqali olishi mumkin.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер