Shaxmatda yangi “Magnus Karlsen” paydo boʻldi

10:34 11 Iyul 2024 Sport
302 0

Foto: Chess.com

Britaniyalik toʻqqiz yoshli Itan Pang shaxmatda aql bovar qilmaydigan marraga erishdi. U 2200 reyting toʻsigʻini bosib oʻtib, “CM” unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Bu haqda “Chess.com” xabar berdi.

“Westminster Under School” talabasi Itanning shaxmat olamidagi tez oʻsishi bor-yoʻgʻi uchta turnirda 334 reyting ochkosi toʻplaganligi bilan qoʻsha oldi. Itanning soʻnggi muvaffaqiyati iyun oyida EACU okrugi jamoasi chempionatida 3/4 ball toʻplash va 2493 reytingli IM Alan Merri bilan durang oʻynashni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, u “ChessKid” yoshlar chempionatida qatnashib, jahonning eng yosh grossmeysteri GM Yagiz Kaan Erdogmushni magʻlub etdi.

Itan besh yoshida shaxmat oʻynay boshlagan va yetti yoshida ikki karra Britaniya chempioni GM Gaveyn Jonsga qarshi durang oʻynab, oʻz isteʼdodini namoyish etgandi. Uning otasi Raymond Pangning aytishicha, karantin davrida farzandini onlayn shaxmat kursiga berganligi yosh sportchini ilhomlantirib yuborgan.

Pandemiya Itanga jahon miqyosida raqobatlashish va mahoratini oshirish uchun “Chess.com” va “ChessKid” kabi onlayn platformalardan foydalangan holda shaxmatga eʼtibor qaratish imkonini berdi. Otasining soʻzlariga koʻra, Itanning fidoyiligi va kuchli raqiblar bilan oʻynash imkoniyati uning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan.

Itanning bunday yoshida 2200 reytingga erishishi shaxmat boʻyicha xalqaro sport ustasi Faustino Oroga tegishli boʻlgan yangi rekordni yaxshilash deganidir. Qayd etish kerakki, Itan soʻnggi 16 klassik oʻyinda magʻlub boʻlmadi. Shu sababli ham ayrim shaxmat muxlislari Itanni yangi “Magnus Karlsen” deb atashmoqda.

Avvalroq Rustam Qosimjonov oʻzining nomidagi turnirda kuchli uchlikka kira olmagani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер