Shaxmat grossmeysterlarimiz soni 30 taga yetdi
26-dekabrdan 31-dekabrga qadar Ummon davlatida “Muscat International Chess Championship 2024” turniri boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, turnirda ishtirok etgan shaxmatchimiz Ortiq Nigmatov 2501 (Qatar Masters 2024 +9.4; 3rd International President cup +35; Muscat International Chess Championship 2024 +9.8) reyting koʻrsatkich qayd etdi. Shu tariqa Nigmatov soʻnggi talabni bajarib, shaxmat grossmeysteri unvoniga ega chiqqan oʻttizinchi oʻzbekistonlikka aylandi.
Shaxmatchimiz GM lik norma talablarini muddatidan oldin bajargan, faqatgina reyting koʻrsatkichlari bir marta 2500 reytingdan oʻtishi lozim edi, deyiladi xabarda.
Quvonarlisi shundaki, Ortiq Nigmatov 9 ta turdan iborat bahslarda 7 ta gʻalaba va 2 ta durang natija qayd etgan holda 8 ochko toʻplab “Muscat International Chess Championship 2024” turniri gʻolibiga ham aylandi.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin hamyurtimiz Muhiddin Madaminov “Sharjah Master 2024” turnirida 2603 performans koʻrsatib, grossmeysterlikning soʻnggi talabini bajargan holda Oʻzbekistonning 29 grossmeysteriga aylangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring