Shahrisabzda “Tracker” yonib ketdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Tracker” avtomobili yonayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, holat bugun, 3-fevral kuni soat 13:40 da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar hududida sodir boʻlgan. Unda 70/809VSF davlat raqam belgili “Tracker” avtomobilining dvigatel qismidan yongʻin kelib chiqqan.
Viloyat IIBning maʼlum qilishicha, mazkur yongʻin qisqa muddatda oʻchirilgan. Holat oqibatida jarohat olganlar aniqlanmagan. Hozirgi vaqtda masʼullar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring