Shahrisabzda Oʻzbekiston notariuslari I milliy Kongressi boʻlib oʻtmoqda

19:32 25 May 2024 Jamiyat
546 0

Anjuman Oʻzbekiston Notarial palatasi tomonidan Palataning yaqin hamkorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Oʻzbekiston Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Kadastr agentligi koʻmagida tashkil etildi.

I Milliy Kongress ishini Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov boshqarib bormoqda.

Oʻzbekiston notariuslari I Milliy Kongressi qatnashchilarini Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov nomidan Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Boʻriyev muborakbod etib, tadbir ishiga muvaffaqiyatlar tiladi va Shahrisabz shahridan esladik sovgʻasi topshirdi.

Shuningdek, I Milliy Kongress qatnashchilarini Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Nuriyev tabriklab, Oʻzbekiston notariat tizimida olib borilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Notarial palatasi tomonidan xalqaro maydonda mamlakat nufuzini yaxshilashga qaratilgan harakatlarning ijobiy natijasini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shu bilan birga Kongressning juda ham muhim mavzuga bagʻishlanganligi, meros ishi doimgidek jamiyatda dolzarbligi, bugungi notariuslar kengashida ushbu mavzuning muhokamasi meros masalalarida kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berishini eʼtirof etdi.

Kongressda aholi uchun juda dolzarb – “Merosni rasmiylashtirish borasida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish” mavzusining muhokamasiga bagʻishlangan boʻlib, unda tegishli sohalar mutaxassislari hamda notariuslar tomonidan merosni rasmiylashtirishda muammolar va yechimlar, takliflar muhokama etilmoqda.

Kongressda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbari Y.Kanyazov “Intellektual mulk qonunchiligida meros instituti” mavzusida soʻzga chiqdi. Dolzarbligi sarlavhasidan ham koʻrinib turgan maʼruzada maʼruzachi bugun jamiyatimizda yangi boʻlgan intellektual mulkni meros qilib qoldirish va uning qonun bilan muhofaza qilinishiga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?