Shahrixon — “Jahon hunarmandlar shahri”
Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan III xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida Andijon viloyatining Shahrixon tumaniga “Jahon hunarmandlar shahri” sertifikati topshirildi. Tantanali marosimda taʼkidlanishicha, tumanning ushbu yuksak maqomga sazovor boʻlishida necha asrlardan beri rivojlanib kelayotgan pichoqchilik va doʻppidoʻzlik anʼanalari muhim ahamiyat kasb etgan.
— Shahrixonda pichoqchilik sanʼati XVII asrdan buyon shakllanib, oʻzbek hunarmandchiligida alohida yoʻnalish sifatida tanilgan, — deydi usta pichoqchi Rahmatxoʻja Alixoʻjayev. — Doʻppidoʻzlik esa XIX asr oxirida keng tarqalib, hozirga qadar oʻz anʼanaviy uslubini saqlab qolgan. Ayni paytda tumanda 500 nafarga yaqin ustalar pichoqchilik, 300 nafardan ortiq hunarmandlar esa doʻppidoʻzlik bilan shugʻullanmoqda. Ular tayyorlagan mahsulotlarga nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlarda ham talab yuqori.

Taqdim etilgan sertifikat Shahrixon tumani hunarmandlariga oʻz anʼanalarini yanada rivojlantirish, yangi bozorlarga chiqish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda keng imkoniyatlar yaratadi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring