Shahram Gʻiyosov va Hasanboy Doʻsmatov jahon chempionatiga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi
Joriy yilning 22-oktyabr — 7-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Ushbu jahon chempionatida ham Oʻzbekiston milliy terma jamoasi toʻliq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga hamyurtlarimiz ham astoydil tayyorgarlik koʻrishmoqda. Eʼtiborlisi, terma jamoamizning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vitse chempioni, 2017-yil Germaniyada oʻtkazilgan jahon chempionati gʻolibi Shahram Gʻiyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Doʻsmatov ham kiritilgan.
Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy oldi.
Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashgʻulotlar olib bormoqda. Eslatib oʻtamiz, 2019-yilda tashkil etilgan soʻnggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring