Prezident bugun Sirdaryoga boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 4-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bildirilishicha, tashrif davomida davlatimiz rahbari viloyatdagi sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
Prezident, shuningdek, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.
Eslatib oʻtamiz, bu Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston hududlariga bir haftaning ichida ikkinchi bor safar qilishi. Davlat rahbari joriy yilning 2-dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring