«Shahodatnoma»ni endilikda elektron shaklda olish mumkin
Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali;
Shuningdek, elektron shahodatnoma (e-shahodatnoma.uz) axborot tizimiga shaxsiy maʼlumotlarini kiritish orqali yuklab olish imkoni yaratilgan.
«Maʼlumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari «Bilim va malakalarni baholash agentligi» (sobiq DTM)ning OTM qabul boʻyicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.
Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yoʻq», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring