Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimda ish boshladi
Vazirlar Mahkamasining 1-avgust kungi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibi tasdiqlandi.
Unga koʻra:
1. Shin Agrepina Vasilyevna ― Vazir
2. Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovich ― Vazirning birinchi oʻrinbosari
3. Mamatqulov Shodiyor Abduvaxidovich ― Vazir oʻrinbosari
4. Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ― Vazir oʻrinbosari
5. Mirziyoyeva Shaxnoza Shavkatovna ― Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshligʻi
6. Ten Yelena Gerasimovna ― Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
7. Olimov Qahramon Tanzilovich ― Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi
8. Yusupov Abdukahhor Djumanovich ― Kadrlar boshqarmasi boshligʻi
9. Normatov Dilshod Xabibullayevich ― Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi
10. Eshpulatov Komiljon Abdusalomovich ― Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining rektori
11. Usnatdinova Jumagul Sharapovna ― Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri.
Koʻrinib turibdiki, Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozim - Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Shahnoza Mirziyoyeva shu yil 1-avgustidan yangi lavozimda oʻz faoliyatini boshlagan.
Shu paytgacha u MTVning Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring