Seulda sodir boʻlgan mudhish voqeada bir nafar oʻzbekistonlik vafot etgan — Oʻzbekiston elchixonasi

Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasining Telegram kanalidagi sahifasida maʼlum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 13.00 (Toshkent vaqti – 09.00) holatiga koʻra, Seulning Itxevon koʻchasida 29-oktyabr kuni sodir boʻlgan fojiali voqealar oqibatida halok boʻlganlar orasida bir nafar oʻzbekistonlik bor.
Fojia qurbonlari soni 150 dan oshgan, 80 dan ortiq kishi turli darajalarda jarohatlar olgan. Bunga Seulning Itxevon koʻchasida Xellouin bayramini nishonlash chogʻida yuz bergan tiqilinch sabab boʻlgan. Janubiy Koreyada 5-noyabrgacha milliy motam eʼlon qilingan. Halok boʻlgan 19 nafar xorijliklar orasida Xitoy, Eron, Oʻzbekiston va Norvegiya fuqarolari ham borligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, politsiyaga daraksiz yoʻqolganlar haqida 300 dan ortiq xabar kelib tushgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi Itxevon koʻchasida sodir boʻlgan fojiali voqealar oqibatida halok boʻlganlarning barcha qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi.
Yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatida yurtdoshlarimiz ichida jabrlanganlar yoki yordamga muhtojlar boʻlsa, diplomatik missiya Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi konsullik boʻlimiga zudlik bilan murojaat qilishni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring