Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–851-son, 07.07.2023-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritildi.
Shunga koʻra:
— Muvofiqlikni baholash qoidalarini muvofiqlikni baholash organlari tomonidan buzish, agar bu texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulot chiqarilishiga yoki muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun mahsulotni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar yetkazilishiga olib kelsa:
— mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda (3 mln 300 ming soʻmdan 13 mln 200 ming soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.
Mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:
— mansabdor shaxslarga BHMning 40 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda (13 mln 200 ming soʻmdan 26 mln 400 ming soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari BHMning 80 baravarigacha miqdorda (26 mln 400 ming soʻmgacha) jarima solish tarzidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqliligi belgilandi.
Ilgari BHMning 7 baravarigacha edi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring