Sertifikatga ega boʻlgan oʻzbek tili oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi

17:06 10 Fevral 2025 Jamiyat
191 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra, maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilarining ish haqiga qoʻshimcha haq toʻlanadi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻzining kanalida maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, endilikda oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

“2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер