Sergelidagi koʻchalardan birida bir oyga mashinalar harakati cheklanadi
Sergeli tumani Obihayot koʻchasi bir oy muddatga mashinalar uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu koʻchada issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Maʼlumotlarga koʻra, shu davr mobaynida avtobus yoʻnalishlarida 184-sonli yoʻnalish harakati Sergeli Yarmarka bekatigacha qisqartiriladi hamda 40- va 143-sonli yoʻnalishlar harakati Yangi Sergeli yoʻli → Soʻgʻdiyona → Jaloyir → Obihayot (yopilmagan qismi) koʻchalari orqali vaqtincha oʻzgartiriladi.
“Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Harakat rejalaringizni ushbu oʻzgarishlarni inobatga olgan holda tuzishingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida jazirama issiq sabab bogʻchalar faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring